Angina – bodomsimon bezlarning o’tkir yallig’lanishi
Tomoq og’rig’i va isitma – angina yoki tonzillitning tipik belgilari, bodomsimon bezlarning o’tkir yallig’lanishi. Angina bolalar va o’smirlarda tez-tez uchraydi, lekin balog’at yoshida ham paydo bo’lishi mumkin.Tonzillitda tomoq og’rig’i yutishni qiyinlashtiradigan darajada kuchli, bo’yni limfa tugunlarining ko’ttalashishi va og’rig’i, bodomsimon bezchalarda oq yiringli blyashka, ovozning o’zgarishi bilan namoyon boladi. Tana harorati 38-40 S dan oshishi […]
Tomoq og’rig’i va isitma – angina yoki tonzillitning tipik belgilari, bodomsimon bezlarning o’tkir yallig’lanishi. Angina bolalar va o’smirlarda tez-tez uchraydi, lekin balog’at yoshida ham paydo bo’lishi mumkin.Tonzillitda tomoq og’rig’i yutishni qiyinlashtiradigan darajada kuchli, bo’yni limfa tugunlarining ko’ttalashishi va og’rig’i, bodomsimon bezchalarda oq yiringli blyashka, ovozning o’zgarishi bilan namoyon boladi. Tana harorati 38-40 S dan oshishi mumkin. Bularning barchasi bakterial infektsiy borligidan dalolat beradi.
Bundan tashqari, bunday hollarda, odatda, virusli kasalliklar bilan kuzatiladigan yo’tal kuzatilmaydi.Ko’pincha tonzillitning rivojlanishiga olib keladigan sababchi agent, yallig’lanishni keltirib chiqaradigan beta-gemolitik streptokokklar guruhidir. Bundan tashqari, u bo’g’imlarga, buyraklarga va yurak to’qimalariga ta’sir qilishi mumkin, bu revmatik o’zgarishlarga olib keladi va hayot sifatini cheklaydi.
Ohirgacha davolanmagan tomoq og’rig’i qaytarilmas oqibatlarning rivojlanishiga hissa qo’shishi mumkin, shuning uchun mutaxassis bilan bog’lanishni kechiktirmang!